Hindistonda ijtimoiy masofani saqlashning antiqa usuli topildi

12:06 29 Aprel 2020 Dunyo
1535 0

Hindistonning Kerala shtatida joylashgan Tannirmukkom qishlogʻi aholisiga koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq ijtimoiy masofaga amal qilishga yordam berishi uchun 10 ming dona soyabon tarqatildi.

Mahalliy “PTI” agentligining qishloq kengashi raisi P. S. Jotiga tayanib yozishicha, aholi shunday gʻayrioddiy tarzda COVID-19ni tezroq yengib oʻtishni rejalashtirmoqda.

“Epidemiya tez orada tugaydi deb umid qilamiz. Ammo tez orada yoz va yomgʻirli mavsum boshlanishi munosabati bilan soyabonlar yordamida ijtimoiy masofani saqlashda davom etamiz”, degan P. S. Joti.

Uning soʻzlariga koʻra, soyabonlardan tashqari, qishloq aholisiga yana ikkitadan tibbiy niqoblar ham beriladi.

Tasdiqlangan soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda qatʼiy karantin joriy etilgan. Mamlakatda koronavirus infeksiyasi tashxisi qoʻyilgan bemorlar soni 29.451 kishiga yetgan. Ushbu kasallikdan 929 kishi vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер