Hindiston va Xitoy chegarasida toʻqnashuv: yaralanganlar bor
Hindiston va Xitoy chegarasida toʻqnashuv boʻlib oʻtdi va unda 20 nafardan ortiq askarlar jarohat olgan.
“India Today”ning yozishicha, toʻqnashuv Hindistonning Sikkim shtatidagi Naku-La dovoni hududida boʻlib oʻtgan. Xitoy armiyasi goʻyoki Hindiston bilan demarkatsiya chizigʻini kesib oʻtishga uringan va bu esa hind harbiylarini hujumiga sabab boʻlgan. Natijada Hindiston armiyasining toʻrt nafar, Xitoy tomonidan 20 nafarga yaqin harbiy xizmat tan jarohati olgan. Halok boʻlganlar haqida maʼlumot yoʻq.
Pekin va Nyu-Dehli oʻrtasida ikki mamlakat harbiylari askarlarning hayotini saqlab qolish uchun oʻqotar quroldan foydalanmaslik toʻgʻrisida kelishuv mavjud.
2020-yilning 16-iyun kuni Hindiston armiyasining oʻnlab askarlari bu joyda tayoq va tosh toʻqnashuvida halok boʻlgan. Rasmiy Nyu-Dehli bu holat uchun Xitoy tomonini ayblagan edi. Oʻshanda hind OAV 43 nafar xitoylik askar yaralangani va halok boʻlgani haqida xabarlar tarqatgan edi.
Dunyodagi eng koʻp aholiga ega boʻlgan ikki mamlakat — Hindiston va Xitoy chegarasini “McMahon Line” deb nomlangan shartli chiziq ajratib turadi. Hindiston bu chegarani tan olgan, Xitoy esa yoʻq.
Muammoni hal qilish uchun bir necha bor urinish boʻlgan. Xususan, 1993 va 1996-yillarda oʻtkazilgan kelishuvlar samarasiz kechdi. Shu bois chegara hududining ikki qismi — Kashmirning shimoli-sharqiy va Arunachal-Pradesh shtatining shimoli qismi munozarali boʻlib qolmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring