Hindiston prezidenti kasalxonaga yotqizildi. U yaqinda koronavirusga qarshi vaksina olgandi
Foto: globallookpress.com
Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind koʻkrak qafasidagi bezovtalik tufayli kasalxonaga joylashtirilgan.
"PTI“ axborot agentligi xabariga koʻra, u Nyu-Delidagi ”Research and Referral" kasalxonasiga yotqizilgan.
Manbaga koʻra, prezident bugun ertalab oʻzini yomon his qila boshlagan. Ayni paytda u tekshiruvlardan oʻtmoqda va shifokorlar nazorati ostida boʻlib turibdi. Tibbiyot muassasasi tomonidan prezidentning ahvoli barqarorligi bildirilib, boshqa tafsilotlar aytilmagan.
Mart oyi boshida Kovind koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini olgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring