Hindiston politsiyasi Xitoy fuqarolariga nisbatan kiberjinoyatni amalga oshirgan guruhni qoʻlga oldi

10:49 15 Avgust 2022 Dunyo
972 0

Foto: Illustrativ foto

Dehli politsiyasining maʼlum qilishicha, firibgarlar kriptovalyuta bilan shugʻullanib, “Youtube«dan firibgarlik usullarini oʻrgangan holda telegram messenjeridan Xitoy fuqarolariga nisbatan firibgarlik jinoyatini sodir etgan.

Taʼkidlanishicha, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, onlayn kreditlarni osonlashtirib berish bahonasi bilan sodda odamlarni aldagan davlatlararo firibgarliklar sodir etgan toʻrt nafar shaxs hibsga olingan.

Firibgarlar avval ijtimoiy muhandislik yordamida kerakli shaxslarni aniqlab olib, kredit uchun soddalashtirilgan hujjatlarni taqdim etishni soʻraydi. Shundan soʻng, qaytarib olish sharti bilan unga ochilgan hisobga depozit sifatida 5.000 rupiya (700.000 soʻm atrofida) toʻlashi zarurligini bildiradi.

Sodda odamlar talab etilgan summani toʻlaydi, shundan soʻng firibgarlar jabrlanuvchi bilan aloqani uzib gʻoyib boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер