Hindiston Pokiston va Afgʻoniston orqali Oʻzbekistonga shakar joʻnatdi
Foto: Illustrativ foto
Hindiston ilk bor Oʻzbekistonga tijorat yukini Pokiston va Afgʻoniston orqali tranzit qilib joʻnatdi. 140 tonna yuk (asosan shakar) ortilgan mashinalar karvoni Kobuldan Toshkentga joʻnab ketdi. Bungacha yuk «Mumbay – Karachi – Torkham» yoʻnalishi boʻylab kelgan.
Yuk joʻnatilishi Hindiston tomonidan xususiy ravishda tashkil etilgan. Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasidagi tranzit savdosi toʻgʻrisidagi kelishuv uni amalga oshirish imkonini berdi.
“Endi bu [tranzit] muntazam ravishda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Pokiston portlari orqali istalgan davlatdan mahsulot olib kirish imkoniyatiga ega boʻladi”, — dedi Pokiston rasmiysi.
Eslatib oʻtamiz, imtiyozli savdo boʻyicha kelishuvlar tuzilganidan soʻng Pokiston Oʻzbekistonga goʻsht yetkazib bera boshlagan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring