Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida kasallik avj olmoqda

21:39 25 Iyun 2020 Dunyo
2040 0

Foto: РИА Новости

Hindiston poytaxtida ahvol yana ogʻirlashgan - soʻnggi bir kunda bu shaharda qariyb 4 mingta yangi holat aniqlangan va bu pandemiya davridagi eng yuqori kunlik oʻsish koʻrsatkichidir.

Mamlakat boʻyicha esa 8194 nafar kishida koronavirus aniqlangan.

Dehlida pandemiya boshlanganidan buyon 66 mingdan ortiq kishida Covid-19 aniqlangan, bundan yuqoriroq koʻrsatkich faqat Mumbayda qayd etilgan.

Shahardagi koʻpchilik holatlarning yuqtirish manbasi nomaʼlum, hukumat kasallanganlarning harakatini yana-da sinchkovlik bilan oʻrganish va kontaktlarni aniqlashni vaʼda qilgan.

Hindiston may oyi oxirida karantin choralarini yumshatgan, ammo kasallik tarqalishi tezligi yuqoriligicha qolgan.

Mamlakatda shu vaqtgacha 481 mingdan ortiq zararlanish holati qayd etilgan, 15 042 kishi halok boʻlgan.

Bugunning oʻzida mamlakatda 135 kishi virusdan vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер