Hindiston Oʻzbekistonga COVID-19ga qarshi kurashni qoʻllab-quvvatlash uchun zarur boʻlgan dori-darmonlar taqdim qildi
Hindiston poytaxtidan Toshkentga “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi samolyotida insonparvarlik yuki yetkazib berildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Insonparvarlik yordami tarkibiga tibbiy vositalar, jumladan COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda samarali hisoblangan 7 millionga yaqin tabletkani oʻz ichiga olgan.
Dori-darmonlardan iborat yuk Oʻzbekistonning Hindistondagi elchixonasi va ushbu mamlakatning Kimyoviy mahsulotlar va oʻgʻitlar vazirligi qoshidagi Farmatsevtika sanoati departamenti tomonidan shakllantirildi.
Umumiy ogʻirligi 5 tonnadan ortiq yuk mamlakatimizning tegishli idoralariga topshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring