Hindiston harbiy-havo kuchlarining qiruvchi samolyoti turar-joy binosiga qulab tushdi
Foto: NDTV
Hindiston Harbiy-havo kuchlariga qarashli "MiG-21" samolyoti oʻquv parvozi vaqtida halokatga uchradi va kamida uch kishi halok boʻldi.
NDTV telekanali mahalliy hokimiyat vakillariga tayanib aniqlik kiritishicha, harbiy oʻchoq Rajastan shtatining Suratgarx shahri yaqinidagi qishloqdagi uylardan birining ustiga qulagan.
Uchuvchi yengil jarohatlar bilan omon qolgan. Hodisa sabablarini aniqlash boʻyicha tekshiruv boshlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring