Hindiston dunyo hamjamiyatini mustamlakachilikning yangi modelidan ogohlantirmoqda
Foto: AP
Hindiston Bosh vaziri Modi dunyo hamjamiyatini mustamlakachilikning yangi modelidan ogohlantirdi.
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi, agar muhim minerallarga ega boʻlgan mamlakatlar ularni masʼuliyat bilan saqlamasa, mustamlakachilikning yangi modeli xavfi haqida ogohlantirdi.
“Biz muhim foydali qazilmalar, noyob yerlar va boshqalar bilan bogʻliq muammoga duch kelmoqdamiz. Ular baʼzi joylarda koʻp, baʼzi hududlarda esa umuman yoʻq, lekin butun insoniyat ularga muhtoj”, deydi Modi.
Uning ogohlantirishicha, agar davlatlar ularni saqlashda “global masʼuliyat” bilan yondashmasa, bu mustamlakachilikning yangi modelining paydo boʻlishiga yordam beradi. Chunki kompaniyalar energiyaga oʻtish vazifalari doirasida oʻzlarini zarur resurslar bilan taʼminlashga intilishadi.
Avvalroq Hindiston hukumati strategik qadam sifatida litiy, berilliy, niobiy va tantal kabi kimyoviy elementlar eksportini taqiqlamoqchiligi xabar qilingan edi.
Qayd etilishicha, bu metallar Hindistonning mudofaa, aerokosmik va mashinasozlik sanoati uchun katta ahamiyatga ega.
Bungacha, Hindiston oziq-ovqat xavfsizligi uchun guruch yetkazib berishga cheklovlar kiritgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring