Hindiston Bosh vaziri Moskvaga uchib ketdi

12:51 08 Iyul 2024 Dunyo
325 0

Foto: AP

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ikki kunlik rasmiy tashrif bilan Moskvaga tashrif buyurmoqda. Modi Hindiston — Rossiya yillik sammitida ishtirok etadi.

Bosh vazir joʻnab ketishidan oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni intiqlik bilan kutayotganini aytib, uni doʻst deb atagan.

U Hindiston va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi alohida imtiyozli strategik sheriklik soʻnggi 10-yil ichida, jumladan, energetika, xavfsizlik, savdo, sarmoya, sogʻliqni saqlash, taʼlim, madaniyat, turizm va odamlar oʻrtasidagi almashuv sohalarida rivojlanib borayotganini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер