Hilola Umarova Fransiya Respublikasi Prezidentining Kontinental Yevropa va Turkiya boʻyicha maslahatchisi Izabel Dyumon bilan uchrashdi
Foto: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati
Joriy yilning 3-aprel kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Fransiya Respublikasi Prezidentining Kontinental Yevropa va Turkiya boʻyicha maslahatchisi Izabel Dyumon va Fransiya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Aureliya Bushez bilan uchrashdi.
Uchrashuv avvalida mehmonlar uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab boʻylab kampus-tur tashkil qilinib, unda maktab faoliyati hamda oʻquvchilar erishgan yutuqlar haqida maʼlumot berildi.
Ikki tomonlama uchrashuvlar davomida vazir Hilola Umarova mamlakatimizda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy oʻzgarishlar hamda vazirlik tomonidan fransuz tilini ikkinchi xorijiy til sifatida rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtdi.
Oʻz navbatida Izabel Dyumon Oʻzbekistonda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida eʼtirof etdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Fransiyaning “Didier FLE” nashriyotining fransuz tilidagi darsliklar toʻplami Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan fransuz tili ikkinchi xorijiy til sifatida oʻqitiladigan maktablar uchun taqdim etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring