“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi oʻtkazilmoqda
Huquqiy aksiya Adliya vazirligi tomonidan 2024-yilning 20-yanvaridan 20-martiga qadar oʻtkaziladi.
Huquqiy aksiya doirasida quyidagi shaxslarga yordam beriladi:
— Tugʻilishi qayd etilmaganligi oqibatida shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlmagan shaxslar;
— Yaqin qarindoshining oʻlimi qayd etilmagan shaxslar;
— Tugʻilganligi yoki yaqin qarindoshining oʻlimi haqidagi tibbiy maʼlumotnomaga ega boʻlmaganligi sababli yuridik faktni belgilash yuzasidan sudlarga murojaat qilishi lozim boʻlgan shaxslar;
— tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatdan oʻtkazishda yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazishda muammolarga duch kelayotgan shaxslar;
— koʻchmas mulklarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslar.
Mazkur huquqiy aksiya doirasida, jumladan:
— qayd etilmagan tugʻilganlik va oʻlim holatlari respublika miqyosida xatlovdan oʻtkaziladi;
— fuqarolarning ushbu turdagi murojaatlari joylardagi tuman (shahar) adliya boʻlimlarida tashkil etilgan maxsus shtablar yoki “1148” qisqa raqamli ishonch telefoni orqali tezkorlik bilan qabul qilinadi;
— sayyor qabullar tashkil etiladi.
Natijasiga koʻra, mazkur shaxslarning:
➖ tugʻilganligi qayd etilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi;
➖ yaqin qarindoshlarining oʻlimi qayd etilib, guvohnoma (maʼlumotnoma)lar beriladi;
➖ tugʻilish yoki oʻlim haqidagi faktlarni belgilash yuzasidan sudlarga arizalar kiritiladi va sud hujjati asosida tugʻilish (oʻlim) qayd etib beriladi;
➖ tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazishda va qayta roʻyxatdan oʻtkazishda koʻmaklashiladi;
➖ koʻchmas mulklarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan shaxslarga vakolatli organlar bilan birgalikda amaliy yordam koʻrsatiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring