Harbiylarga yangi uylar topshirildi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Xonobod shahridagi harbiy qismda xizmat qiluvchi 42 nafar askarlar yangi xonadonlarga koʻchib oʻtdi. Zamonaviy sharoitlarni oʻzida mujassam etgan ikki qavatdan iborat ushbu turarjoy binosining foydalanishga topshirilish marosimi haqiqiy bayramga aylanib ketdi.
— Askar Vatanini munosib himoya qiladi, qachonki, uyida xotirjamlik boʻlsa, — deydi mehnat faxriysi Abdulqosim Abdullayev. —Shu bois keyingi yillarda respublikamizda harbiy xizmatchilarni turarjoy bilan taʼminlash borasidagi ishlar salmogʻi ortgan. Zamonaviy shart-sharoitlarga ega bu xonadonlarni koʻrib, zavqim kelyapti.



Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring