Harbiylar oʻrtasida eng yaxshi oshpaz aniqlandi
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon garnizonida joylashgan harbiy qismlardan birining harbiy xizmatchilari oʻrtasida “Eng yaxshi oshpaz” musobaqasi oʻtkazildi.
Musobaqada 6 ta boʻlinmaning 12 nafar harbiy xizmatchisi oʻzlarining oshpazlik mahoratini sinab koʻrdilar. Barcha ishtirokchilarga birdek masalliq berildi. Oʻzbek milliy taomlarining sultoni boʻlgan oshni tayyorlash jarayoni hakamlar hayʼati tomonidan kuzatib borildi.
Yakuniy natijalarga koʻra, serjant Bahodir Shokirov gʻolib deb topildi. Dastlabki uchta oʻrinni egallagan harbiy xizmatchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Musobaqada tayyorlangan oshlar harbiy xizmatchilarning oilalari uchun bezatilgan bayram dasturxoniga tortildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring