Harbiy sud, ayrim viloyat sudlariga raislar tayinlandi
Foto: Arxiv surat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan:
— Sadriddin Bavabekovich Eshonqulov — sudyalik vakolati muddati davriga Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi lavozimiga;
— Abduhalim Abduraimovich Ahmedov – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyati maʼmuriy sudining raisi lavozimiga;
— Toʻrabek Abdurovubovich Qodirqulov — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Sirdaryo viloyati maʼmuriy sudining raisi lavozimiga;
— Gʻolibjon Sayitjonovich Davlatov – sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyati maʼmuriy sudining raisi lavozimiga;
— Alisher Abdurashidovich Abdurahmonov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Fargʻona viloyat sudi raisining oʻrinbosari – iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati raisi lavozimiga tayinlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring