Harbiy xizmatchilar uchun Madaniyat markazi binosi foydalanishga topshirildi
Toshkent harbiy okrugi tasarrufidagi Chirchiq okrug poligonida Madaniyat markazi binosi bunyod etilib, foydalanishga topshirildi.
Binoning ochilishiga bagʻishlangan tantanali marosimda okrug qoʻmondonligi, tuman hokimligi vakillari, faxriylar va bir guruh yoshlar va muddatli harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. Marosimda soʻz olganlar bu kabi bunyodkorlik ishlari doimo jangovar shay holatda yuradigan va jismoniy tayyorgarliklar bilan band yurt himoyachilarning madaniy hordiq chiqarishlariga xizmat qilishini taʻkidladilar.
Bayramlar, konsertlar va turli tadbirlar oʻtkazishga moʻljallangan qariyb 250 oʻrinli Madaniyat markazi endilikda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun beminnat xizmat qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring