Har jabhada inson manfaatlari ustuvor

16:02 11 May 2021 Jamiyat
1369 0

Hasan PАYDOEV - “Xalq so‘zi”

So‘nggi yillarda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tom maʼnoda yangi sahifa ochildi, desak, ayni haqiqat. Xalqimiz uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish bilan birga, aholi keng qatlamida bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish bosh maqsadga aylandi.

Boshqacha aytganda, hamma jabhada inson manfaatlari ustuvorligiga qaratilgan islohotlar bugungi shiddatli zamon talabiga mos ravishda jadallashdi. Bu borada tarixiy ahamiyatga ega qator qonun hujjatlari, davlat va hududiy dasturlar ijroga yo‘naltirildi.

Bu jarayonlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar ham munosib hissa qo‘shib kelayotganini quyidagi misollar ham yaqqol tasdiqlaydi.

Birgina, Xiva tumani prokurori Sh.Аbdalniyazovga 2-sektor rahbari sifatida 11 ta mahalla biriktirilgan bo‘lib, ularda yashovchi aholi bilan muntazam ravishda yuzma-yuz muloqotlar olib borilyapti. Natijada, ushbu sektor hududida kam taʼminlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ishsiz fuqarolarni bandligini taʼminlash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi. 

Аyni paytda 215 ta xonadon “temir daftar”ga kiritilgan bo‘lib, asosiy eʼtibor, avvalo, ushbu oilalardagi ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlanlashga qaratilib, hozirgi qadar 204 ta xonadon “temir daftar”dan chiqarildi.

Bugungi kunda ro‘yxatdagi 11 xonadonni ham qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilyapti. Chunonchi, ularga 44 mln. 242 ming 260 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari, 105 mln. 660 ming so‘m miqdorda plastik to‘lov kartochkasi orqali yoki naqd pul mablag‘lari, 618 ming 500 so‘mlik dori-darmon berildi. 

Xiva tumani prokurori Sh.Аbdalniyazov ko‘magi bilan yana ko‘plab ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarning kommunal qarzdorligini qoplab berilishi bilan birga, chorva mollari, parranda va asalari uyasi ham olib berildi. 21 ta xonadonga issiqxona va 1 ta nogironligi bo‘lgan oilaga 7 mln. so‘mga tikuvchilik ustaxonasi (12 m2) qurib berildi.

Ishsiz fuqarolardan, xususan, 73 nafari o‘zini o‘zi band qilish orqali, 26 nafari qishloq xo‘jaligi loyihalariga, 2 nafari hunarmandchilik yo‘nalishi, 15 nafari sanoat loyihalari, 4 nafari takroriy ekin yer maydonlari berish orqali, 8 nafari qurilish obʼektlariga, 3 nafari oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishi orqali ishga joylashtirildi. 82 nafari boshqa faoliyat turi orqali bandligi taʼminlandi. 

Prokuror sektorida joylashgan “Istiqlol” mahallasidagi 18 ta nogironligi bo‘lgan oilaga va 6 ta sharoiti og‘ir ayollarga “Irdimzon Lubbon” fermer xujaligidan 1,4 ga. yer ajratilib, ushbu yer lazerli moslama tekislanib, kuzgi bug‘doy ekilishi, ushbu oilalarning 7 tasiga imtiyozli kredit asosida 50 kv.m dan issiqxona tashkil etilishi taʼminlandi.

Shuningdek, tuman prokurori sektori tashabbusi bilan “Parchanxos” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida “Imkoning bo‘lsa ber, imkoning bo‘lmasa ol” shiori ostida “Saxovat va ko‘mak” xonasi tashkil etilib, “temir daftar”da ro‘yxatda turgan ehtiyojmand oilalar uchun turli kiyim-kechaklar tashkillashtirildi. 

Yana bir muhim yangilik. 2-sektor rahbari Sh. Аbdalniyazovning tashabbusi bilan tuman markazidagi Tinchlik ko‘chasida joylashgan 5-umumtaʼlim maktabi yaqinida siyosiy, tarixiy, badiiy, huquqiy, detektiv, fantastik, dramatik asarlar, shuningdek, ertak va sheʼriy janrdagi 500 ta kodli kitoblar jamlangan “Bookland” (“Kitoblar diyori”) tashkil qilindi.

Bu esa hududda kitobxonlikni rivojlantirish, yoshlarni ijodkorlik sohasida ham qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

Rahim SHERQULOV
“Xalq so‘zi”

Hasan PАYDOEV olgan suratlar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер