Har kuni 10 ming tonna un mahsuloti birja savdolariga qoʻyilmoqda

05:18 11 Iyun 2022 Iqtisodiyot
867 0

Foto: Illustrativ foto

Bu haqda AOKAda Hisob palatasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, «Oʻzdonmahsulot» AK, “Respublika tovar xom-ashyo birjasi” AJ mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi mahalliy unning vaqtinchalik tartib asosida sotilishini doimiy monitoring qilmoqda. 60 dan ziyod holatda xato-kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan — mahalliy unni aholiga vaqtida yoki umuman yetkazib bermaslik, imtiyozli narxlarda xarid qilib, narxlarni keskin oshirib sotish kabi holatlar aniqlandi. Qoʻmita tomonidan koʻrilgan choralar natijasida 60 dan ziyod korxona dislokatsiyadan, yaʼni bozordan chiqarildi.

Ochiq birja savdolariga chiqariladigan un mahsulotlari 22 ming tonnaga koʻpayib, 192 ming tonnaga yetdi. Bozorda taklif darajasi yana oshmoqda. Bu oʻz-oʻzidan narxlarga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер