“Haqiqiy qahramonlik namunasi” — Prezident yangi zavod qurilishi haqida
«Toʻgʻrisi, biz GTL loyihasini boshlaganimizda, koʻpchilik buni uddalashimizga shubha bilan qaragan edi.
Lekin, biz qatʼiy intilish va mashaqqatli mehnatimiz bilan, barchamiz birgalikda murakkab sinov va qiyinchiliklarni yengib oʻtib, mana shunday yangi va zamonaviy, yuqori texnologik majmuani barpo etishga erishdik. Bu bilan har qancha faxrlansak, arziydi.
Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi davrida xorijdan mutaxassis va uskunalar keltirish, qurilish maydonida 10 mingdan ortiq ishchining sogʻligʻi va xavfsizligini taʼminlash, albatta oson boʻlgani yoʻq.
Ammo, hamjihatlik bilan oʻz vaqtida amalga oshirgan zarur chora-tadbirlarimiz natijasida, ushbu muhim loyiha boʻyicha ish pandemiya davrida ham biror kun toʻxtamadi.
Mehnatkash, sergʻayrat va fidoyi quruvchi va muhandislar, tajribali mutaxassislar, minglab matonatli ishchilar karantin talablariga qatʼiy amal qilib, uzoq vaqt oilasi, yaqinlaridan olisda ishlab, haqiqiy qahramonlik namunasini koʻrsatdi», dedi davlatimiz rahbari.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring