Hamshiralarning pulini qoʻlga kiritgan koordinator aniqlandi

17:43 09 Dekabr 2022 Jamiyat
638 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ulugʻnor tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman tibbiyot birlashmasi koordinatori N.E. joriy yilning noyabr oyida birlashmaga qarashli oilaviy poliklinika va oilaviy shifokorlik punktlarining 9 nafar xodimining koʻrsatkich reyting ballari pastlab ketganligi, ularning reyting ballarini viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi orqali koʻtarib berish evaziga jami 11,4 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер