Hamkorlik memorandumi imzolandi
Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Мақсад — qonunchilikni takomillashtirish, qonun ijodkorligi jarayonida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, fuqarolarning huquqiy madaniyatni oshirishdir.
Hamkorlik doirasida bir nechta yo‘nalishlar belgilab olindi. Jumladan, qonun loyihalarini ishlab chiqish, nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazish, qonun ijodkorligi sohasida xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish va ilg‘or tajribani milliy qonunchilikka implementatsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash kabi masalalarda hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olindi.
Shu bilan birga, o‘zaro manfaatli dolzarb yo‘nalishlarda konferensiya, seminar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring