HAMAS mahbuslarni almashish haqidagi gap-soʻzlarni rad etdi
Foto: Global Look Press
HAMAS harakati vakili Husam Badran Isroil bilan asirlarni almashish boʻyicha muzokaralar faktini rad etdi.
“Bu har qanday bitim, mahbuslar yoki boshqa yoʻllar haqida muzokaralar olib borish vaqti emas”, dedi Badran.
Uning soʻzlariga koʻra, HAMAS hozirda Isroil armiyasiga qarshi jang qilish orqali aholini himoya qilish bilan shugʻullanadi.
Avvalroq Xitoyning “Sinxua” axborot agentligi Qatar Isroil va Falastinning HAMAS harakati oʻrtasida asirlarni almashish boʻyicha shoshilinch bitim tuzishda vositachi sifatida qatnashayotgani haqida xabar bergan edi.
Shu yilning 7-oktyabr kuni HAMAS Isroilga bir necha ming raketa otdi va “Al-Aqso toʻfoni” operatsiyasi boshlanganini eʼlon qildi.
Ushbu hujum fonida Isroil milliy xavfsizlik vazirligi mamlakatda favqulodda holat eʼlon qildi.
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat urush holatida ekanligini eʼlon qildi. Isrilning HAMASga qarshi operatsiyasi “Temir qilichlar” deb nomlangan. Hujumlarga javoban Isroil havo kuchlari Gʻazo sektoridagi XAMASning 21 ta nishoniga zarbalar berdi.
Soʻnggi maʼlumotlarga HAMASning hujumi oqibatida Isroilda 800 nafarga yaqin inson halok boʻlgan, 2,5 ming nafarga yaqin odam tan jarohati olgan. Yana 150 nafarga yaqin odam HAMAS tomonidan garovga olingan.
Falastin Sogʻliqni saqlash vazirligiligi maʼlumotlariga koʻra, Isroilning qarshi hujumlari oqibatida halok boʻlganlar soni 560 nafarga, yaradorlar soni 2 900 kishiga yetgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring