“Halolmevali koʻchatlar” nomli platforma javobgarlikka tortildi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Halolmevali koʻchatlar” nomi ostida mevali koʻchatlar savdosi bilan shugʻullanuvchi platforma maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Raqobat qoʻmitasi xabar qildi.
Unga koʻra, platforma axborot resursi orqali daraxt koʻchatlari olish niyatida boʻlgan fuqarolarni chalgʻitish maqsadida oʻz axborot resursi nomlanishida asossiz ravishda “Halolmevali koʻchatlar” nomidan foydalangan.
Natijada ushbu platforma egalariga reklama qonunchiligi boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi va notoʻgʻri reklama berganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi. Shuningdek, axborot resursining nomi ixtiyoriy ravishda oʻzgartirildi.
Taʼkidlash joiz, Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning “Halol” sertifikati yoki “Halol” nomi asosan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qadoqlash, saqlash va tashishda qoʻllaniladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring