Hayit bayrami kuni Toshkentda jamoat transporti 04:00dan ishlashni boshlaydi
«Toshshahartransxizmat» Aksiyadorlik jamiyatining maʼlum qilishicha, Ramazon Hayiti nishonlanishi munosabati bilan, 2021-yil 13, 14, 15, 16-may kunlari jamoat transportini quyidagicha tashkil etish belgilandi.
Bunga koʻra,
2021-yil 13-may - dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida. Yoʻnalishlarning ish boshlash vaqti soat 4:00 dan boshlanadi;
2021-yil 14-may - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
2021-yil 15-may - dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
2021-yil 16-may - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring