Haydovchisiz boshqariladigan “Tesla” mashinasi ishtirokida avtohalokat boʻldi. Qurbonlar bor
AQSHning Texas shtatida avtopilotda “Tesla” elektromobili ishtirokida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa natijasida ikki kishi halok boʻldi.
Bu haqda Xarris okrugi politsiyasi maʼlumotiga tayanib “The Wall Street Journal” nashri xabar bermoqda.
Hodisa 17-aprel, shanba kuni sodir boʻlgan. Elektromobil muyilishda qayrilmasdan, katta tezlikda daraxtga borib urilgan. Natijada “Tesla” yonib ketgan. Yongʻin taxminan toʻrt soat davomida oʻchirilgan. Fojia oqibatida ikki kishi vafot etgan.
“Tergov hali yakunlanmadi, ammo avtomobilni hech kim boshqarmagan, aniq. Biz bunga 99 foiz aminmiz”, deydi politsiya xodimi Mark Xerman.
“Tesla” kompaniyasi ushbu xabarga izoh berishni istamagan.
Bungacha, 2017-yil Xitoyda va 2019-yilda AQSHda ushbu rusumdagi avtomobillar ishtirokida avtohalokat sodir boʻlgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring