Haydovchilik guvohnomasini olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro F.G.ga goʻyoki YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida “V.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 700 AQSH dollari va 1,2 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.N. fuqaro M.R.ni goʻyoki YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun boʻlib oʻtadigan imtihondan oʻtkazib qoʻyishi evaziga 7 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasining (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring