Haydovchilik guvohnomasini olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Kogon tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.I. fuqaro M.M.ni goʻyoki viloyat YHXBda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasi olish uchun boʻlib oʻtadigan imtihondan oʻtkazib qoʻyish evaziga 750 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Termiz shahar boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.A. fuqaro X.J.ga tanishlari yordamida “S.” toifali haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 4,7 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring