Haydovchiga transportni mast holatda boshqarish taqiqlanadi
Haydovchiga transport vositasini spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalar taʼsirida yoki oʻzgacha tarzda mast holatda, sezgirlik va eʼtiborni susaytiradigan dori-darmonlar taʼsirida, yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik va betoblik holatida boshqarish taqiqlanadi.
Bunda haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast holda boshqarishi transport vositasini boshqarish huquqidan 1 yil-u 6 oydan 3 yilgacha muddatga mahrum qilib, BHMining 25 baravari (8 mln 500 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring