Haydovchi YPX xodimini mashina kapotida sudrab ketdi

00:48 05 Yanvar 2021 Jamiyat
2027 0

Ijtimoiy tarmoqda “Haydovchi YPX xodimini mashina kapotida sudrab ketdi” sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan maʼlumot berildi.

Video lavha oʻrganilganda, joriy yilning 4-yanvar kuni soat 10:15larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Shahrisabz va Oʻzbekiston ovozi koʻchalari kesishgan chorrahada, Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimi Y.Qosimxodjayev «Neksiya» rusumli, 01 O 412 JB davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi yoʻl belgisiga amal qilmasdan ortga qayrilib olgan vaqtida toʻxtash ishorasini bergan.

Haydovchi YPX xodimining qonuniy talabini bajarmasdan harakatini davom ettirgan. Mirobod tumani, A.Temur va S.Azimov koʻchalari kesishgan chorrahada qoidabuzar haydovchi uni toʻxtatishga uringan YPX xodimining ustiga avtomobilini boshqargan va xodim avtomobil kapoti ustida osilib qolgan holatda 10-20 metr masofaga harakatlangan.

Koʻrilgan tezkor choralar natijasida transport vositasi toʻxtatilgan.

Haydovchi, 1993-yilda tugʻilgan B.I.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 135 va 194-moddalari tartibida bayonnoma tuzilib, avtomobil ushbu Kodeksning 291-moddasi tartibida vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Hozirda qoʻshimcha surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер