Haydovchi avtomobilni tibbiy niqobsiz boshqarishi mumkin. Biroq...
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar IIBB boshligʻiga manba havola qilingan holda, avtomobilda tibbiy niqobsiz boʻlish mumkinligi haqidagi maʼlumot tarqalmoqda.
"Maʼlum qilamizki, haqiqatdan ham, shaxsiy avtomobil haydovchisi mashinada tibbiy niqobsiz boʻlishi mumkin (taksi haydovchilariga taalluqli emas), ammo shu bilan birga quyidagi shartlarga rioya qilish kerak: birinchidan: haydovchi avtomobil salonida yolgʻiz boʻlishi kerak; ikkinchidan, haydovchi faqat avtomobil harakatlanish vaqtida niqobsiz boʻlishi mumkin. Yaʼni, agar haydovchi yoʻl chetida toʻxtasa, tibbiy niqobni taqib olishi kerak.
Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Karantin cheklovlarining yumshatilishi koronavirus infeksiyasi bartaraf etilganidan dalolat bermaydi. Unutmang, koʻplab insonlarning salomatligi sizning mulohazali boʻlishingizga va sanitariya-epidemiologiya xavfsizligiga rioya qilishingizga bogʻliq", deyiladi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring