Haftaning juma kunlari “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi bittaga koʻpayadi

15:55 09 Dekabr 2021 Jamiyat
794 0

Yoʻlovchilarning zamonaviy poyezdlarga boʻlgan talabini toʻla qondirish, shuningdek, ichki turizmni rivojlantirishda qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan 2021-yil 10-dekabrdan boshlab haftaning juma kuni “Toshkent — Buxoro — Toshkent” yoʻnalishida 770/769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarining qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Mazkur zamonaviy poyezd oʻtgan bir oy mobaynida faqat haftaning shanba va yakshanba kunlari qatnovini amalga oshirib keldi. 10-dekabrdan boshlab haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari ertalab soat 09:02 da Toshkent markaziy temir yoʻl vokzalidan harakatini amalga oshiradigan 770-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi Samarqand, Navoiy temir yoʻl vokzallarida ham toʻxtab oʻtib, soat 12:47 da Buxoro 1 temir yoʻl vokzaliga yetib boradi.

Shuningdek, 769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi ushbu kunlarda soat 15:02 da Buxoro 1 temir yoʻl vokzalidan harakatini amalga oshirib, soat 18:50 da Toshkent markaziy temir yoʻl vokzaliga kirib keladi.

Bugungi kunda qatnovini amalga oshirayotgan “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlari esa oʻz harakat jadvali boʻyicha harakatlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер