Hafta boshida ham issiq ob-havo saqlanib qoladi
«Oʻzgidromet» 29-31-iyul kunlari kutilayotgan ob-havo boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etdi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi. Havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, 29-iyulda baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. 30-31-iyulda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 29-iyulda +20…+25 daraja, 30-31-iyulda +18...+23 daraja, kunduzi 29-iyulda +28...+33 daraja, 30-31-iyulda +34...+39 darajagacha koʻtariladi.
Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi. yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 29-iyulda +20…+25 daraja, 30-31-iyulda +18...+23 daraja, kunduzi 29-iyulda +28...+33 daraja, 30-31-iyulda +34...+39 darajagacha koʻtariladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 29-30-iyulda ayrim joylarda baʼzida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 29-30-iyulda +25…+30 daraja, 31-iyulda +22...+37 daraja, kunduzi 29-iyulda +34...+39 daraja, 30-iyulda +36...+41 daraja, 31-iyulda +36...+41 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30-iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda baʼzida chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +22…+27 daraja, kunduzi 29-iyulda +36...+41 daraja, 30-31-iyulda +34...+39 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29-30-iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +25…+30 daraja, kunduzi 29-iyulda +38...+43 daraja, baʼzi joylarda +45 darajagacha, 30-31-iyulda +36...+41 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 29-30-iyulda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi +22…+27 daraja, kunduzi 29-iyulda +36...+41 daraja, 30-31-iyulda +34...+39 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlari. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi +14…+19 daraja, kunduzi 29-30-iyulda +27...+32 daraja, 31-iyulda +24...+39 darajagacha boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring