Hafta boshida baʻzi joylarda chang-toʻzonlar kuzatiladi
“Oʻzgidromet” 27-30-iyul kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 34-39 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 33-38 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 35-40 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-iyulda kechasi 23-28 daraja, kunduzi 35-40 daraja; 28-30-iyulda kechasi 21-26 daraja, kunduzi 33-38 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27-28-iyulda 19-24 daraja, 29-30-iyulda 15-20 daraja, kunduzi 27-iyulda 28-33 daraja, 28-30-iyulda 25-30 daraja boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring