Gvardiola yilning “Eng yaxshi murabbiyi” sovrinini qoʻlga kiritdi
Foto: AP
Angliyaning “Manchester Siti” klubining bosh murabbiyi Xosep Gvardiola FIFA tomonidan yilning “Eng yaxshi murabbiyi” deb topildi.
Ispaniyalik mutaxassis 2023-yilda “Manchester Siti” bilan Chempionlar ligasi, Premer-liga va Angliya kubogida gʻolib chiqqanidan soʻng “The Best” sovrinini qoʻlga kiritdi.
FIFA mukofotiga daʼvogarlar uchligiga, shuningdek, Luchiano Spaletti (“Napoli”/Italiya terma jamoasi) va Simone Indzagi (“Inter”) ham kirgan edi.
Argentina terma jamoasi bilan jahon chempionatida gʻolib chiqqan Lionel Skaloni 2022-yilda “Eng yaxshi murabbiyi” deb topilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring