Haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihondan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
Illyustrativ foto
Bosh prokuratura huzuridagi IJQK departamentining Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “H. A.” nodavlat ta’lim muassasining o‘qituvchisi U. I. fuqaro U.G.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib quyish evaziga 7,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Nurota tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan M.A. ikki nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 4 mln so‘m pullarni turmush o‘rtog‘i orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring