Guruch importi hajmi 19,3 ming tonnaga oshgan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 7,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 26,9 ming tonna guruch import qilgan.
Guruch importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 19,3 ming tonnaga oshgan.
2021-yilning oʻtgan 10 oyida Oʻzbekiston eng koʻp guruch import qilgan davlatlar:
— Qozogʻiston – 26,5 ming tonna
— Pokiston – 223,2 tonna
— Xitoy – 60 tonna
— Hindiston – 23 tonna
— Rossiya – 12 tonna
— Litva – 2 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring