Gurbanguli Berdimuhamedov prezidentlik lavozimini tark etishi mumkin
Foto: Aleksey Drujinin / TASS
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov oʻz lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda Gurbanguli Berdimuhammedov Turkmaniston Xalq maslahati Milliy Kengashida aytib oʻtgan.
“Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida davlat boshqaruvi yoʻlini maʼnaviy muhitda va zamonamizning yuksak talablari asosida tarbiyalangan yosh yetakchilarga berish kerak, degan fikrni qoʻllab-quvvatlayman. Men Xalq Maslahatchisi raisi sifatida katta hayotiy va siyosiy tajribamni bundan buyon ham ushbu sohaga yoʻnaltirish niyatidaman”, — degan Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring