Gulnora Normurodova Jizzax viloyati hokimiga oʻrinbosar boʻldi
Gulnora Normurodova Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Gulnora Normurodova 1985-yilda Jizzax tumanida tugʻilgan. U mazkur tayinlovga qadar Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.
2018-yildan 2024-yilgacha viloyat hokimining oʻrinbosari – oila va xotin qizlar boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlab kelgan Nazira Muxtorova esa Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring