Gulchilik – ham goʻzallik, ham daromad

20:04 29 Dekabr 2022 Jamiyat
697 0

Foto: Xalq so‘zi

Fargʻona viloyati Toshloq tumani hokimligi tomonidan yosh tadbirkor Elyorbek Karimovga qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan va qarovsiz yotgan 1 gektar yer ajratib berildi.

Tadbirkor oʻz biznes-rejasiga koʻra boʻsh yer maydonida issiqxona tashkil etib, 10 turdagi gul navlari parvarishini yoʻlga qoʻydi. Hozirda issiqxonada yetishtirilayotgan mahalliy va xorijdan keltirilgan noyob gullar juda ham xaridorgir. Muhimi, tadbirkorning bu tashabbusi tufayli oʻn nafar xotin-qiz doimiy ish oʻrniga ega boʻldi.

— Gulchilikda qoʻshni Quva tumani mirishkorlari tajribasini oʻrganib, yilning toʻrt faslida ham bozori chaqqon boʻladigan atirgullarni parvarishlayapmiz, — deydi tadbirkor. — Shunga yarasha daromad ham chakki emas. Birgina joriy yilning oʻzida daromadimiz 350 million soʻmni tashkil etdi.

Anvoyi va xush iforli atirgullar vodiydagi gul bozorlariga yetkazib berilishi barobarida qoʻshni mamlakatlarga ham eksport qilinmoqda.

 

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер