Gul eksportchilari ragʻbatlantiriladi
Yillik eksport tushumida gul eksportidan tushum kamida 30 foizni va 100 ming AQSH dollaridan koʻpni tashkil qiladigan tadbirkorlarning xom ashyo importi uchun sarflangan transport xarajatlarining 50 foizi Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan qoplanadi.
2023-yil 1-yanvargacha tuganaklar, piyozboshlar, tuganaksimon ildizlar, tuganak piyozlar, ildizpoya, jumladan vegetativ tinim holatidagi, vegetatsiya yoki gullash davridagi sertarmoqlari, boshqa tirik oʻsimliklar (jumladan, ildizlari), qalamchalar va parxishi importida bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring