Gruziyada motam kuni eʼlon qilindi. Bunga besh nafar voyaga yetmagan bolaning yongʻinda vafot etgani sabab boʻlgan

12:55 09 Yanvar 2025 Dunyo
412 0

Gruziya shimoli-gʻarbidagi Abxaziya viloyati Gali tumanida yongʻin sodir boʻlgan. Yongʻinda oqibatida besh nafar voyaga etmagan bola vafot etgan. Bu haqida “Agenda” nashri xabar berdi.

Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze tomonidan imzolangan farmonga koʻra, bugun, 9-yanvar mamlakatda motam kuni deb eʼlon qilingan.

Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening farmoniga koʻra, motam kuni butun mamlakat boʻylab barcha hukumat binolarida davlat bayroqlari yarim balandlikka tushiriladi hamda rejalashtirilgan tadbirlar qoldiriladi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, marhum bolalarning dafn marosimi ertaga, 10-yanvar kuni oʻtkaziladi. Gruziya hukumati yongʻin oqibatida halok boʻlgan bolalarning oila aʼzolariga taʼziya bildirib, fuqarolarni birdamlikka va hodisa sabab jabrlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlashga chaqirgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер