Gruziya elchisi Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayapti
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Gruziya elchisi Zurab Abdushelishvilini qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
«Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Gruziya Elchisi Zurab Abdushelishvili janoblari bilan uchrashdik, - deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. –Janob elchiga ikki tomonlama aloqalarimizga aniq natijalar bilan qoʻshgan hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz hamda tariximiz, madaniyatimiz va adabiyotimizga boʻlgan samimiy qiziqishini yuksak qadrlaymiz».
Eslatib oʻtamiz, Zurab Abdushelishvili 2019-yil may oyida ishonch yorliqlari nusxalarini TIVda topshirgan edi. U elchi Konstantin Jgentining oʻrniga tayinlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring