Grenlandiya partiyalari yetakchilari AQSHni orolga nisbatan hurmatsiz munosabatni toʻxtatishga chaqirdi
Grenlandiyadagi besh partiya yetakchilari AQSH prezidenti Donald Trampning soʻzlariga munosabat sifatida qoʻshma bayonot bilan chiqib, orolga nisbatan mensimaslikka barham berishga chaqirishdi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Biz amerikalik boʻlishni istamaymiz, dat boʻlishni ham istamaymiz — biz grenlandiyalik boʻlishni istaymiz. Grenlandiya partiyalari yetakchilari sifatida yana bir bor taʼkidlaymizki, Qoʻshma Shtatlarning bizning yerimizga nisbatan mensimas munosabati toʻxtatilishini istaymiz”, — deyiladi bayonotda.
Bayonotga qoʻshilgan partiya yetakchilari quyidagilar:
— Yens-Frederik Nilsen (“Demokratlar”),
— Pele Bruberg (“Mayak”),
— Mute Egede (“Xalq jamoasi”),
— Aleka Xammond (“Oldinga”),
— Akkalu Yerimiassen (“Birdamlik”).
Ular Grenlandiya demokratik ekanini va AQSH, shuningdek boshqa gʻarb davlatlari bilan hamkorlikni davom ettirishni istashini qoʻshimcha qilishdi.
Avvalroq Donald Tramp AQSH Grenlandiyaga milliy xavfsizlik nuqtayi nazaridan muhtoj ekanini aytgan edi.
Oʻz navbatida, Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen Grenlandiya qirollik tarkibida ekanini taʼkidlab, AQSHni tahdidli bayonotlarni toʻxtatishga chaqirdi. U Vashingtonning orolni oʻz nazoratiga olishida hech qanday maʼno yoʻqligini ham alohida urgʻuladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring