Goʻsht sovutgichli maxsus vitrinalarda sotilishi zarur
Goʻsht sovutgichli maxsus vitrinalarda sotiladi. Sovutgichli vitrinalarning har tomonlari zich yopiladigan boʻlishi zarur.
Goʻshtni maydalash va ajratish maxsus yogʻoch kundalarda amalga oshirilishi lozim. Kundalarning yuzasi tekis boʻlishi, ular muntazam ravishda pichoq bilan tozalanib turilishi, issiq suv bilan yuvilishi hamda ish kuni yakunlangandan keyin ustiga katta zarrachali tuz sepilishi va doka bilan qoplanishi lozim.
Savdo obyektlari va turgʻun savdo shoxobchalari quvur orqali keluvchi issiq va sovuq suv, qoʻl yuvgich va boshqa zarur asboblar (pichoq, bolta, tarozi va boshqalar) bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring