“Google” va “Amazon” logotiplarini yangiladi
Illyustrativ foto
12-may kuni Amerikaning “Google” va “Amazon” kompaniyalari oʻz logotiplarini qayta loyihalashtirdilar.
“Google” logotipi 10 yildan buyon, yaʼni 2015-yildan beri oʻzgarmay kelayotgan edi. Kompaniya hammaga tanish boʻlgan “G” harfini saqlab qoldi, ammo endi ranglar bir biridan alohida chiziqlar bilan ajratilmaydi. Qizil, sariq, yashil va koʻk ranglar yagona gradiyentga birlashtirildi.
Onlayn savdo marketpleysi boʻlgan “Amazon” logotipi esa 20 yil davomida oʻzgarmay kelgan. Oʻzgartirilgan logotipda tabassum koʻrsatkichi kengroq boʻldi. Bu oʻzgartirish uchun 1 yil-u 6 oy vaqt sarflangani aytildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring