“Google Play” doʻkonida firibgar havolalar aniqlandi
“Google Play” doʻkonida 10 milliondan koʻproq yuklab olingan bir nechta firibgar havolalar aniqlandi, deb xabar bermoqda “Dr.WEB” kompaniyasi.
Firibgar havolalar soʻnggi vaqtlarda “Google Play” doʻkonidan koʻp marta yuklab olinayotgan, “SmartWatch” va mobil qurilmalar uchun moʻljallangan “faoliyat kuzatuvi” koʻrinishiga ega boʻlib, qadamlar oʻrniga turli xil aksiya, sovgʻalar va pul mukofotlarini taklif qilgan.
Eng koʻp yuklangan firibgar havolalar:
— Lucky Step – 10 million marotaba;
— WalkingJoy – 5 million marotaba;
— Lucky Habit – 5 million marotaba.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring