"Google" monopoliyaga yoʻl qoʻygani uchun bir necha milliard dollar jarimaga tortildi

23:23 10 Noyabr 2021 Dunyo
1423 0

Foto: Getty Images

Yevropa sudi Yevropa komissiyasining "Google«ni monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzgani uchun 2,4 milliard yevro (2,8 milliard dollar) jarimaga tortish haqidagi qarorini tasdiqladi. Bu haqda CNBC xabar berdi.

Manbaga koʻra, 2017-yil iyun oyida Yevropa Ittifoqi (YEI) ijroiya organi "Google«ni internetdagi qidiruv tizimlari bozoridagi ustun mavqeini suiisteʼmol qilgani uchun 2,4 milliard yevro miqdorida jarimaga tortishga qaror qilgan. Oʻshanda kompaniya ushbu qaror ustidan yuqori sudga shikoyat qilgan edi.

Keyinroq korporatsiya bosh maslahatchisi Kent Uoker “Google” Yevropa komissiyasi qarorini hurmat qilishini, lekin bunga rozi emasligini va kompaniyaning bozordagi harakatlari ham reklama beruvchilar, ham foydalanuvchilar uchun foydali ekanini taʼkidladi. 

Biroq, umumiy yurisdiksiya sudi qarorni oʻz kuchida qoldirdi. Qayd etilishicha, qaror ustidan shikoyat qilinishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер