“Golden drakon” restoranida nima boʻlgan edi? – IIB maʼlumot berdi
2019-yil 2019-yil 24-noyabr kuni internetning “Telegram” ijtimoiy tarmogʻidagi “Potrebitel Buxara plyus” kanalida eʼlon qilingan Buxoro shahridagi “Golden drakon” nomli restoranda sodir boʻlgan holat yuzasidan Buxoro viloyat IIB maʼlumot berdi.
Unda qayd etilishicha, 2019-yil 24-noyabrga oʻtar kechasi soat 00-30larda Buxoro shahrida yashovchilar, 1994-yilda tugʻilgan U.Niyazov, 1993-yilda tugʻilgan B.Idiyev hamda 1993-yilda tugʻilgan B.Turdiyevlar spirtli ichimliklar taʼsiridan mast holatda Buxoro shahar M.Iqbol koʻchasida joylashgan “Golden Drakon” tungi klubi tashqarisida oʻzaro janjallashib, bir- birlariga tan jarohati yetkazishgan va Respublika shoshiling tibbiy yordam koʻrsatish ilmiy markazi Buxoro filialiga murojaat qilishgan. Buxoro shahar IIO FMB 2-son IIB tergov tezkor guruhi hodisa joyiga chiqib, janjal bartaraf etilgan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Janjal vaqtida olgan tan jaroxatining ogʻirlik darajasini aniqlash boʻyicha ushbu fuqarolarga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Holat yuzasidan janjal ishtirokchilari va guvohlardan tushuntirish xatlari olingan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring