Golbol boʻyicha Oʻzbekistonning eng kuchli jamoalari aniqlandi
Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida golbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi.
Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslar yakuniga koʻra, gʻoliblik Toshkent shahri jamoasiga nasib etdi. Ikkinchi oʻrinni esa Surxondaryo viloyati, uchinchi oʻrinni Navoiy viloyati jamoalari egalladi.
Gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring