Goʻdaklarini minglab AQSH dollarlariga sotayotgan ayollarni DXX qoʻlga oldi

10:53 15 Fevral 2024 Jamiyat
291 0

Guliston shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro viloyatida tugʻilgan, Guliston shahrida vaqtincha yashovchi ayol joriy yilning 30-yanvar kuni tugʻilgan oʻgʻil farzandini 40 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Termiz tumanida yashovchi ayol joriy yilning 25-yanvar kuni tugʻilgan qiz farzandini oʻzining jinoiy sherigi boʻlgan ayol bilan til biriktirib, Termiz shahrida 25 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ushlandi.

Chirchiq shahrida yashovchi ayol oʻzining 2018-yilda tugʻilgan oʻgʻlini Toshkent shahrida 3 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

Namangan shahrida yashovchi ayol oʻzining 2014-yilda tugʻilgan oʻgʻlini 18 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, talab qilingan puldan 4 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер